Mutaxassislar magnit bo‘ronlari qancha davom etishini ma’lum qildi

Mutaxassislar magnit bo‘ronlari qancha davom etishini ma’lum qildi
Foto: NASA / GSFC/SDO
KTI va QYFI Quyosh astronomiya laboratoriyasi veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning magnit maydonida kuchli magnit bo‘roni qayd etildi.

Hozirda Yer magnitosferasida magnit bo‘ronining kuchli G3 darajasi sodir bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.

Magnit bo‘ronlari necha bosqichda bo‘ladi?
G1 - zaif bo‘ron;
G2 - o‘rtacha bo‘ron;
G3 - kuchli bo‘ron;
G4 - juda kuchli bo‘ron;
G5 - ekstremal kuchli bo‘ron.

G3 darajali bo‘ron sun’iy yo‘ldoshlar va elektr tarmoqlarida uzilishlarga olib kelishi mumkinligini anglatadi.

Meteovesti portalining xabar berishicha, magnit bo‘roni 11 avgust kuni kechqurun boshlangan, ertalab esa kuchaygan. Bo‘ron deyarli kun oxirigacha davom etadi.

Seshanba kuni ham zaif geomagnit maydon buzilishlarining alohida davrlari saqlanib qoladi va 13 avgust kuni Yer magnitosferasi sokin holatga qaytadi”, deb yozadi portal.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.