Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari

Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Amerikaning Forbes moliyaviy jurnali jamoatchilik orasida doim katta qiziqish uyg‘otgan yillik ro‘yxat ­— dunyoning eng badavlat mashhurlari reytingini e’lon qildi. Bu yil nashr mutaxassislari kino va musiqa, sport va televideniye yulduzlarining daromadlarini tahlil qilib, qaysi mashhurlar nafaqat mashhurligi, balki katta boyligi bilan ham nufuzli reytingdan o‘rin olgani haqida ma’lumot berdi.

Jorj Lukas
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Birinchi o‘rinni umumiy mulki 5,5 milliard dollarga baholanayotgan va “Yulduzlar jangi” rejissyori Jorj Lukas oldi. U 2017 yildan beri AQSHning eng badavlat media odami sifatida tanilgan. Rejissyor LucasFilm kompaniyasini Disney\'ga sotish orqali eng badavlat insonlar safidan joy oldi.

Stiven Spilberg
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
“Yura olamiga sayohat”, “Josuslik ko‘prigi”, “Linkoln”, “Myunxen” kabi filmlarni suratga olgan va Gollivudning eng yaxshi rejissyorlaridan biri sifatida tanilgan Stiven Spilberg reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 4,8 milliard dollarga baholangan. U o‘zining har bir filmidan kelgan foydaning ma’lum qismini oladi.

Maykl Jordan
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan 3,2 milliard dollar boyligi bilan reytingda uchinchi o‘rinni oldi. Basketbol qiroli Nike kabi yirik kompaniyalar bilan reklamalardan hamda Sharlotta Hornets klubini sotish orqali katta daromadga chiqqan.

Opra Uinfri
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
OWN kabel tarmog‘i asoschisi, boshlovchi Opra Uinfri 2,8 milliard dollar bilan milliarderlar reytingiga kirgan birinchi qora tanli ayoldir. U kino, televideniye va boshqa sohalarni qamrab olgan haqiqiy media imperiyasini yaratgan.

Jay Z
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Rep qo‘shiqchisi Jay Z (2,5 milliard dollar) hip-hop olamidagi birinchi milliarderdir. U o‘zining alkogol mahsulotlarini sotish va Uber va Block kompaniyalariga sarmoya kiritish orqali boylik orttirgan.

Kim Kardashyan
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Daromad manbayi turli realiti-shou, mobil o‘yinlar, kosmetika, kiyim-kechak do‘konlari va ijtimoiy tarmoqlar bo‘lgan Kim Kardashyanning umumiy boyligi 1,7 milliard dollardir.

Piter Jekson
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Rejissyor, “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi muallifi Piter Jekson (1,5 milliard dollar) Weta Digital nomli maxsus effektlar studiyasini sotganidan so‘ng o‘z boyligining asosiy qismini qo‘lga kiritdi.

Tayler Perri
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Tayler Perri (1,4 milliard dollar) filmlar suratga olish va teatrda aktyorlik qilish orqali uch yil ichida milliardlab daromad topdi. U “Ninzya toshbaqalari-2” filmida suratga tushgan.

Rianna
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Xonanda Rianna (1,4 milliard dollar) ikkita yirik brendning egasi: kosmetika kompaniyasi Fenty Beauty va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi Savage X Fenty brendi.

Tayger Vuds va Lebron Jeyms
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Golfchi Tayger Vuds (1,3 milliard dollar) va basketbolchi Lebron Jeyms (1,2 milliard dollar) nafaqaga chiqmasdan milliarderga aylangan kamyob sportchilardir.

Mejik Jonson va Dik Vulf
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Mejik Jonson (1,2 milliard dollar) biznesdan, Dik Vulf (1,2 milliard dollar) esa detektiv seriallarni suratga olishdan katta daromadga ega bo‘lgan.

Teylor Svift
Forbes reytingiga ko‘ra 2024 yilning eng badavlat mashhurlari
Foto: Dzen
Ro‘yxatda oxirgi o‘rinda xonanda Teylor Svift (1,1 milliard dollar) bo‘lib, u faqat o‘zi yaratgan qo‘shiqlari va dunyo bo‘ylab konsertlaridan milliard dollar daromad olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.