Telegram asoschisini qutqarish uchun UFC jangchisi Parijga yetib keldi

Telegram asoschisini qutqarish uchun UFC jangchisi Parijga yetib keldi
Yengil vazn toifasida (70 kg) ishtirok etayotgan armanistonlik UFC jangchisi Arman Sarukyan Fransiya poytaxti – Parijga yetib keldi.

\"Men Pavel Durovni qutqarish uchun keldim!\" — degan videoni Sarukyan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni kechqurun Fransiyada rossiyalik tadbirkor Pavel Durov qo‘lga olingan edi. Jurnalistlarning fikricha, Telegram yaratuvchisi mahalliy hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani va kanallarni yetarlicha moderatsiya qilmagani uchun federal qidiruvga berilgan, bu esa uni messenjer yordamida sodir etilgan jinoyatlarga sherik qilib qo‘ygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.