Qo‘shnilari Kamala Harrisning ko‘chib ketishini istashyapti

Qo‘shnilari Kamala Harrisning ko‘chib ketishini istashyapti
Foto: WSJ
AQSH prezidentligi uchun kurashayotgan Kamala Harrisga qo‘shnilari ovoz berishmoqchi, faqat ko‘chib ketsa bas...

Harris Vashingtondagi vitse-prezident rasmiy qarorgohida yashayotgan bo‘lsa-da, olis Los-Anjelesdagi (Brentvud tumani) qo‘shnilari prezidentlik poygasi zalvorini o‘z tanlarida his etishmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal.

Brentvuddagi ko‘chani tinmay yopishadi, xavfsizlik choralari haddan ziyodligidan mashinalar tiqini yuzaga kelmoqda. Qo‘shnilaridan biri Harris uyini sotib ko‘chib ketsa, unga bajonidil ovoz berishini aytdi.

Kamala Harris Los-Anjelesdagi 325 kvadrat metr maydonga ega uyiga tez-tez borib turadi (uyni eri 2012 yilda sotib olgan). Biroq soliq to‘lovchilarning pullari sarflanadigan safarlarini rasmiy tadbirlar niqobi ostida yashiradi, deb yozdi WSJ.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.