Bishkek shahrida Qirg‘iziston prezidentining yangi qarorgohi ochildi

Bishkek shahrida Qirg‘iziston prezidentining yangi qarorgohi ochildi
Foto: 24.kg
30 avgust kuni Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning yangi qarorgohi «Intimoq Manas O‘rda» ochildi.

Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi rahbari Qanibek Tumanboyev mazkur obyektning xususiyatlari haqida so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, binoning umumiy maydoni 39 ming 700 kvadrat metrni tashkil etadi, u besh qavatli va yerto‘ladan iborat. Shift balandligi 14 metrga yetadigan birinchi qavatning foyesida rasmiy tadbirlarni o‘tkazish uchun 11 ta xona mavjud. Binoning umumiy balandligi 71 metrga teng.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bino dizaynini yaratishda mahalliy va turk mutaxassislari ishtirok etgan. Qurilishga 3 mingdan ortiq kishi jalb qilingan.

Obyektning qurilish qiymati noma’lum, bu barcha hisob-kitoblardan so‘ng e’lon qilinishi ta’kidlanmoqda.
Bishkek shahrida Qirg‘iziston prezidentining yangi qarorgohi ochildi
Bishkek shahrida Qirg‘iziston prezidentining yangi qarorgohi ochildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.