Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi

Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Har yili Turkiyada yilning eng shov-shuvli to‘ylari reytingi tuziladi. Joriy yilda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan voqea tadbirkor, telekanal asoschisi va boshlovchi Ajun Ilichalining to‘yi bo‘lib o‘tdi.
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Ajun Ilichalining umumiy boyligi hozirda yuz million dollar, ya’ni uch milliard turk lirasidan oshgan. U Turkiyaning TV8 telekanali egasi bo‘lib, Dominikan Respublikasida suratga olingan eng mashhur shoulardan biri — “Omon qolganlar” (Survivor) prodyuseri va boshlovchisi sifatida tanilgan.
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Haberler.com
Yoshligida Ajun ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni istagan, lekin 22 yoshida u o‘zini sport muxbiri sifatida sinab ko‘rdi va media sohasiga qiziqib qoldi.

Mening turli o‘yinlarga katta ishtiyoqim bor: o‘ynash, o‘yinga jalb qilish, ko‘ngilochar dasturlarni ishlab chiqish jon-u dilim, chunki hayot bu — sahna”, deydi tadbirkor o‘zi haqida.
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Hayotga bunday yengillik bilan yondashish unga media sohasida katta muvaffaqiyat keltirdi, balki shaxsiy hayoti ham rang-barang voqealarga boy bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Ajun uch marta turmush qurgan, bu nikohlardan uning to‘rt nafar qizi bor. Kuni kecha milliarder to‘rtinchi marta Aycha Chag‘la Altunkayaga uylandi.
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Ajunning avvalgi rafiqasining ismi Sheyma Subashi edi. U Turkiyadagi eng mashhur blogerlardan biri bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda uni uch million obunachi kuzatadi.
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Ko‘pchilik Aycha aynan Sheymaga juda o‘xshash ekanligini qayd etdi:
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Mish-mishlarga ko‘ra, Ajun hali ham sobiq ayolini unuta olmagan va kelindagi bu o‘xshashlik milliarderni o‘ziga jalb etgan.

Ajunning to‘rtinchi xotini mediadan uzoq shaxs. Aycha Chag‘la hamshiralikka o‘qigan va basketbol jamoasida murabbiy bo‘lib ishlagan. U Survivor shousida tibbiy xodim sifatida ishtirok etish uchun ariza bergan va o‘sha yerda ish boshlaganda badavlat prodyuser bilan tanishib qolgan.
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Haberler.com
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Ajun 55 yoshda, Aycha esa 25 yoshda, kelin-kuyov orasida 30 yosh farq bor. Chag‘la hattoki erining qizidan ham yoshroq bo‘lib chiqdi, shu sababli bu nikoh jamoatchilik muhokamasiga aylandi.
Turkiyalik milliarder o‘zidan 30 yosh kichik qizga uylandi
Foto: Dzen
Yangi turmush qurganlar o‘rtasidagi yosh farqi haqidagi bahslar shu darajaga yetdiki, turk jamiyati an’anaviy va zamonaviy fikrlaydigan ikki qismga ajraldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.