Eron Isroilga raketalarni uchirdi

Eron Isroilga raketalarni uchirdi
Foto: Reuters
Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) mamlakatga Erondan 100 ga yaqin raketa uchirilganini xabar qildi. Umuman olganda, Eron 250 tagacha raketa uchirishi kutilayotgani ta’kidlanmoqda. Havo hujumi haqida ogohlantirish butun Isroil bo‘ylab yangramoqda.

«SAHAL Isroil davlatining tinch aholisini himoya qilish uchun barcha zarur ishni qilmoqda va qiladi», deyiladi bayonotda.

Isroil armiyasi aholini boshpana topishga va raketa tahdidi bartaraf etilmaguncha u yerda qolishga chaqirdi.

«Havo hujumidan mudofaa tizimi to‘liq ishlamoqda, zarur bo‘lgan joyda, hatto hozirgi paytda ham tahdidlarni aniqlaydi va to‘xtatadi. Biroq, mudofaa tizimi germetik emas, shuning uchun front orti qo‘mondonligining ko‘rsatmalariga amal qilish kerak», dedi SAHAL vakili, kontr-admiral Daniel Hagari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.