Rossiya Il-76 samolyoti halokati qurbonlarining jasadlarini Ukrainaga topshirdi

Rossiya Il-76 samolyoti halokati qurbonlarining jasadlarini Ukrainaga topshirdi
Foto: Glavred
Rossiya Il-76 samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning jasadlarini Ukrainaga topshirdi. Bu haqda RIA Novosti rossiyalik ombudsmen Tatyana Moskalkovaga asoslanib xabar berdi.

«Ular topshirildi. Men bunda qatnashdim», — dedi u.

Il-76 samolyoti 2024 yilning yanvarida Belgorod oblastida urib tushirilgan edi. Samolyot bortida 65 nafar ukrain harbiy asiri, olti nafar ekipaj a’zosi va uch nafar kuzatuvchi bo‘lgan. Barchasi halok bo‘lgan.

O‘shanda Rossiya mudofaa vazirligi Il-76 Xarkov viloyatining Lipsa qishlog‘i atrofida joylashgan zenit-raketa majmuasidan uchirilgan ikkita raketada urib tushirilgani haqida bayonot bergandi.

Ukraina mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, harbiy asirlarning yo‘nalishi va qay shaklda yetkazilishi haqida Kiyevga xabar berilmagani, 30 kilometrlik jangovar harakatlar zonasida transport samolyotini qo‘ndirish xavfsiz bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.