Gruziyalik qudratli oligarx «qora roʻyxat»ga tushdi

Gruziyalik qudratli oligarx «qora roʻyxat»ga tushdi
AQSh moliya vazirligi hukmron «Gruziya orzusi» partiyasining faxriy raisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanktsiyalar joriy etilganini e'lon qildi.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Ivanishvili sanktsiyalar CDN roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu qaror haqida boshqa tafsilotlar hozircha berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Ivanishvili mamlakatda rossiyaparast kuchlarning rahnamosi sifatida koʻriladi. Dastlab Gruziyada xorijiy agentlar boʻyicha qonun qabul qilindi, soʻngra saylovlar boʻyicha mashmashalar kelib chiqdi. Saylov natijalari katta norozilik namoyishlariga sabab boʻldi. Muxolifat natijalarni tan olmadi.

Saylov kollegiyasi tomonidan yangi rahbar saylanganiga qaramay, Gruziyaning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili esa iste'foga chiqishdan bosh tortmoqda. Mamlakatda qoʻshhokimiyatchilik vujudga kelishi xavfi paydo boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.