Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)

Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Foto: Startup Geek
Taniqli bloger MrBeast TikTokni sotib olishga shayligini bildirdi, u shu tariqa platformani AQShda bloklashdan asrab qolmoqchi deb yozadi Xabar.uz nashri.
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Aytishicha, bayonotidan soʻng milliarderlar uni qoʻllash niyatini bildirishgan.

Prezident Jo Bayden 2024 yil aprelida imzolagan qonunga koʻra, TikTok 2025 yil 19 yanvariga qadar oʻziga amerikalik xoʻjayin topishi shart. Juda oz vaqt qoldi.

Hozirda TikTok AQShda 170 mln foydalanuvchiga ega.

Ma'lumot uchun: MrBeast (haqiqiy ismi — Jeyms Stiven (Jimmi) Donaldson; 1998 yilda tugʻilgan) — amerikalik yutuber, tadbirkor va saxovatpesha.

YouTubedagi eng qimmat videotryuklar janri kashshofi hisoblanadi. 2024 yil yozida uning yutub-kanali obunachilari soni 300 mln nafardan oshdi. Platforma tarixida bunday natijaga erishgan ilk inson sanaladi. Bundan tashqari ham juda koʻplab loyihalari bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.