Isroil qoʻshinlari Gʻarbiy sohilda keng koʻlamli harbiy amaliyot boshladi

Isroil qoʻshinlari Gʻarbiy sohilda keng koʻlamli harbiy amaliyot boshladi
Isroil Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish tartibi kuchga kirganining ikkinchi kuni Iordan daryosining Gʻarbiy sohilida «keng koʻlamli harbiy amaliyot» boshladi. Hujum «aksilterror operatsiyasi» deya niqoblangan.

Jenin shahrida «Temir devor» nomi ostida kechayotgan hujum bir necha kun davom etadi, deb yozdi The Times of Israel.
Isroil qoʻshinlari Gʻarbiy sohilda keng koʻlamli harbiy amaliyot boshladi
Foto: Mamul
Falastin sogʻliqni saqlash vazirligi isroilliklarning hujumi oqibatida Jeninda etti kishi halok boʻlgani, 35 kishi jarohatlanganini tasdiqladi. Isroil hukumati qurbonlar va jarohatlanganlar boʻyicha munosabat bildirmadi.

Jenin hokimi Kamol al-Rub isroilliklar qochoqlar lageriga bostirib kirganini aytdi. «Bu juda tez yuz berdi: osmonda Apache vertolyotlari, hammayoqda isroil harbiy texnikasi», — dedi hokim.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.