Keksa ayol ilonni qo‘llari bilan o‘ldirgani tasvirlangan video tobora mashhurlik qozonmoqda

Keksa ayol ilonni qo‘llari bilan o‘ldirgani tasvirlangan video tobora mashhurlik qozonmoqda
Keksa ayol ilonni qo‘llari bilan o‘ldirgani tasvirlangan video tobora mashhurlik qozonmoqda

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda AQShlik nafaqaxo‘r hovlisidagi ilon bilan olishayotgani tasvirlangan video rolik paydo bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar qildi.

Tasvirlarda ayolning uy ichiga o‘rmalab kirish niyatida bo‘lgan ilonni dumidan ushlab bir necha bor silkitgani, keyin esa sudralib yuruvchining bosh qismini zarb bilan daraxtga urganini ko‘rish mumkin.

Video tasvirlarda orqa fonda keksa ayolning matonatidan hayratlangan oila a’zolarining kulishlari eshitiladi. Biroq ayolni videotasvirga olish barobarida ulardan hech kim yordamga kelmagan.

Ilon ayolni bir necha marta chaqishga urundi, biroq keksa bo‘lishiga qaramay ayol ilondan tezroq harakat qildi. Oqibatda ilon yengildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.