Italiyada “Boburnoma” asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Italiyada “Boburnoma” asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi, mamlakatimiz elchixonasi hamda Rim shahridagi Sandro Teti Editore nashriyot uyi hamkorligida “Boburnoma” asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari oʻtkazilmoqda.

Tarjima mazkur nashriyot tarafidan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzboshisi bilan koʻp nusxada chop etilgan.
Italiyada “Boburnoma” asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Foto: Islom tsivilizatsiyasi markazi
Florensiya shahridagi tarixiy “Palasso Strossi” qasrida tarixchi va sharqshunos olimlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirokida tashkil etilgan taqdimot marosimida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, “Boburnoma” asarining mohiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Italiyada “Boburnoma” asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Foto: Islom tsivilizatsiyasi markazi
Tadbirda italiyalik atoqli olim, professor Franko Kardini, “Palasso Strossi” majmuasi prezidenti, Italiya Senati a'zosi Rekardo Nenchini, Sandro Teti Editore nashriyoti rahbari Sandro Teti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, mamlakatimiz elchisi Abat Fayzullayev, Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar soʻzga chiqib, “Boburnoma” asarining ushbu mamlakatda nashr etilishi ikki davlat oʻrtasidagi ijtimoiy-ma'naviy aloqalar rivojida muhim voqea boʻlganini ta'kidladilar.
Italiyada “Boburnoma” asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Foto: Islom tsivilizatsiyasi markazi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.