Tramp Zelenskiy 28 fevral kuni Vashingtonga kelishini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 28 fevral kuni Vashingtonga tashrif buyurishini ma\'lum qildi. Bu haqda u Vazirlar mahkamasining birinchi yigʻilishini ochib berish vaqtida ta\'kidlab oʻtdi.
«Rossiya va Ukraina bilan ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda. Prezident Zelenskiy juma kuni keladi. Va biz juda katta bitimni imzolaymiz. Men Govard [savdo vaziri] va Skottga [moliya vaziri] barchasini bir joyga toʻplab, qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizlar rostdan ham ajoyib ishni amalga oshirdingiz. Bu mineral va boshqa materiallarga tegishli», — deydi Tramp.
Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSh Kiyevga koʻrsatgan yordami uchun «kelajakda koʻp pul» oladigan «bitimni tuzishga muvaffaq boʻlgan. «Barchasi yoʻl qoʻyildi. Biz mamnunmiz», — deydi Tramp.
Avvalroq Ukraina prezidenti AQSh bilan mamlakatdagi tabiiy resurslarni oʻzlashtirish boʻyicha kelishuvga erishilganini tasdiqlagandi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, u Amerika tomoni bilan muzokaralarda koʻtargan asosiy savollar bitim matnida toʻgʻri aks ettirilgan.
AQSh va Ukrainaning tabiiy resurslarga bogʻliq bitimi matnida, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari haqida ham soʻz boradi: «AQSh hukumati Ukrainaning tinchlik oʻrnatish uchun zarur boʻlgan xavfsizlik kafolatlarini olishga boʻlgan sa\'y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi».
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Rossiya va Ukraina bilan ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda. Prezident Zelenskiy juma kuni keladi. Va biz juda katta bitimni imzolaymiz. Men Govard [savdo vaziri] va Skottga [moliya vaziri] barchasini bir joyga toʻplab, qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizlar rostdan ham ajoyib ishni amalga oshirdingiz. Bu mineral va boshqa materiallarga tegishli», — deydi Tramp.
Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSh Kiyevga koʻrsatgan yordami uchun «kelajakda koʻp pul» oladigan «bitimni tuzishga muvaffaq boʻlgan. «Barchasi yoʻl qoʻyildi. Biz mamnunmiz», — deydi Tramp.
Avvalroq Ukraina prezidenti AQSh bilan mamlakatdagi tabiiy resurslarni oʻzlashtirish boʻyicha kelishuvga erishilganini tasdiqlagandi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, u Amerika tomoni bilan muzokaralarda koʻtargan asosiy savollar bitim matnida toʻgʻri aks ettirilgan.
AQSh va Ukrainaning tabiiy resurslarga bogʻliq bitimi matnida, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari haqida ham soʻz boradi: «AQSh hukumati Ukrainaning tinchlik oʻrnatish uchun zarur boʻlgan xavfsizlik kafolatlarini olishga boʻlgan sa\'y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi».
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













