Tramp: Eron muzokaraga tayyor, biz shoshilmaymiz

Tramp: Eron muzokaraga tayyor, biz shoshilmaymiz
AQSHning prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash istagini bildirmoqda. Trampga ko‘ra, Tehron AQSH tomonidan o‘z yadroviy infratuzilmasiga berilgan zarbalarga qaramasdan, muloqotga ochiqligini namoyon etmoqda.

\"Eron muzokara olib borish niyatida. Biz esa bu borada shoshilish niyatida emasmiz. Ilgari ularda kelishuvga erishish imkoniyati bo‘lgan, afsuski, bundan foydalanishmadi. Shuning uchun biz ularning yadroviy inshootlarini nishonga oldik\", — deya ta’kidlagan Tramp.

Unga ko‘ra, agar Tehron tomonidan rasmiy ravishda tashabbus bo‘lsa, AQSH muzokaralar jadvaliga qaytishga tayyor. Tramp Vashingtonning pozitsiyasi aniq ekanini va kerak bo‘lsa, yana keskin choralar ko‘rish mumkinligini ham eslatib o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.