Istanbuldagi portlash videotasvirga tushib qoldi

Istanbuldagi portlash videotasvirga tushib qoldi
Istanbuldagi portlash videotasvirga tushib qoldi

Istanbulda sodir etilgan ikkita terakt ko‘ngillilarning videotasviriga tushib qoldi.

Video Life Video deb nomlangan foydalanuvchi tomonidan YouTube’da joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulda Toshkent vaqti bilan 00.30da Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u xudkush va minalashtirilgan mashina yordamida amalga oshirilgan.

Shu paytga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 29 nafarga etdi, ulardan 27 nafari polisiya xodimi. Bundan tashqari, Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasining 2 nafar xodimi ham halok bo‘lgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, Istanbuldagi teraktlardan maqsad yanada ko‘proq kishilarni o‘ldirish bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.