Bir raqam kombinatsiyasi bilan 811 ming dollar yutdi

Janubiy Karolinada istiqomat qiluvchi amerikalik katta tavakkal qilib, bir xil raqamlar kombinatsiyasi bilan 162 ta Pick 4 lotereya chiptasi xarid qildi.
Pravilamag\'ning yozishicha, u o‘z hissiyotiga ishongan va 1-7-3-1 raqamlariga “yaxshi tuyg‘u”si borligini aytgan. Shuning uchun ham u aynan shu raqamlar bilan 162 ta chiptaga 339 dollar sarfladi.
Natijada amerikalikning omadi kelib, 811 ming dollar (65 million rubldan ziyod) sovringa ega bo‘ldi. Bu Pick 4 o‘yinida bir ishtirokchiga to‘langan eng yirik mablag‘ sifatida tarixda qoldi.
“Albatta, hayajonlandim”, — dedi g‘olib o‘z taassurotlari haqida.
Shu bilan birga, lotereya rasmiylariga ko‘ra, uning ajoyib omadidan ilhomlanib, yana bir xaridor ham xuddi shu raqamlar bilan chipta sotib olgan va 25,400 dollar yutgan.













