Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)

Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)
Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)

Suratda qishloqda yashovchi oddiy nafaqaxo‘r emas, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy tomondan eng rivojlangan mamlakatlardan birining prezidenti o‘z uyidagi oshxonasida tasvirlangan. \"Kun.uz\" nashrida dunyoning eng sevimli prezidenti haqida ma’lumot berildi.

Xose Alberto Muxika Kordano – Urugvay prezidenti. Uning turmush tarzi dunyo etakchilarining hayot tarziga mutlaqo o‘xshamaydi. 78 yoshli El-Pepe (mahalliy aholi unga shunday nom bergan) prezidentlik maoshining deyarli barchasini xayriya ishlariga sarflaydi va bu uni dunyoning eng kambag‘al yoxud eng saxiy prezidentiga aylantiradi.
Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)

Urugvay prezidenti har oy 263 000 peso (9 229 AQSh dollari) ishlab topadi. U 26 300 pesoni o‘ziga qoldirib, qolganini xayriya ishlariga yo‘naltiradi.

Prezident shoxona uylardan voz kechib, qishloqdagi kichik uyda istiqomat qilib keladi. Davlat rahbari ko‘chadagi quduqdan suv oladi. U mamlakatning birinchi raqamli xonimi bilan o‘z tomorqasida gul etishtiradi.
Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)

Xose Muxika partizanlar harakati ishtirokchisi bo‘lgan, bir necha jarohatlar olgan, umrining 14 yilini harbiy qamoqxonalarda o‘tkazgan. Muxikoning prezidentlik davridagi eng yirik xaridi - 1987 yilda ishlab chiqarilgan, 1945 dollarli «Folksvagen Juk» avtomobili.
Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.