Bayt-Rimada isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda falastinlik yigit halok bo‘ldi

Bayt-Rimada isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda falastinlik yigit halok bo‘ldi
Bayt-Rimada isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda falastinlik yigit halok bo‘ldi

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida, Ramalloh shahri shimoli-g‘arbidagi Bayt-Rima manzilida isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvda falastinlik yigit halok bo‘ldi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

WAFA agentligiga ko‘ra, 18 dekabr, yakshanba kuni ro‘y bergan to‘qnashuv davomida 19 yoshli Ahmad Hazam Atta ko‘kragidan o‘q egan va kasalxonaga etkazilayotganida olamdan o‘tgan.

Reuters agentligining ta’kidlashicha, yahudiy davlati vakillari 50 nafar falastinlikdan iborat guruh isroillik harbiylarga tosh uloqtirganini bildirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.