Avstraliyalik ayol OnlyFans’dan ketib, o‘z fermasini ochdi

Avstraliyalik ayol OnlyFans’dan ketib, o‘z fermasini ochdi

U platformada topgan pulini sigir boqishga sarflashga qaror qildi.

Fermer Bell taxallusi bilan tanilgan Avstraliyalik model OnlyFans’dan chiqib, faoliyatini keskin o‘zgartirdi. Endi u sigir boqish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda The Courier-Mail xabar berdi.

Qiz avtohalokatdan so‘ng ochiq mazmundagi kontent joylashtirishni boshlagan. Orqa jarohatlanishi tufayli u ishsiz qolgan. Aynan shu paytda u OnlyFans’da ro‘yxatdan o‘tishga qaror qildi va bu unga kutilmagan muvaffaqiyat keltirdi. Umumiy hisobda, Bell o‘z nashrlari orqali bir necha million dollar ishlab topdi.

Bu pullarning bir qismini kasal onasi va aka-uka, opa-singillariga yordam berishga sarfladi. Keyinchalik u oilaviy ishni davom ettirishga qaror qildi va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullana boshladi. Shuningdek, u Kvinslend va Viktoriyada bir nechta obyektlar sotib oldi va Janubiy Bernettda chorvachilik xo‘jaligini yo‘lga qo‘ydi. Qiz o‘z fermalarida ishlaydi va ko‘rinishidan muvaffaqiyatli. Yaqinda u News Corp tomonidan tuzilgan \"2025 yilning eng yaxshi yosh fermerlari\" reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Avstraliyalik ayol OnlyFans’dan ketib, o‘z fermasini ochdi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.