Afg‘onistonda "gunohlarga qarshi kurashish" bahonasida internetni cheklashmoqda

Afg‘onistonda "gunohlarga qarshi kurashish" bahonasida internetni cheklashmoqda

Afg‘oniston hukumati “gunohlarga qarshi kurash” bahonasida optik tolali internetdan foydalanishni cheklay boshladi, deb Kursiv media xabar berdi.

“Tolibon” buyrug‘iga ko‘ra Balx viloyatida internetga kirish to‘liq to‘xtatilgan. Mahalliy rahbarlar bu qarorni “axloqsizlikka qarshi kurash” deb asoslamoqda.

Natijada pasport xizmatlari va bojxona ishlari izdan chiqdi. Kandahorga 6 nafar vazir yuborildi. Cheklovlar boshqa viloyatlarga ham yoyilishi mumkin. Jurnalist Bilol Sarvariyga ko‘ra, Mazarida gubernator va aloqa vaziri o‘rtasida tortishuv bo‘lgan, Kobulda esa qattiq cheklovlarga qarshilar bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.