Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab o‘ldirildi

21 sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘z uyida noma’lum shaxs tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani ma’lum qilindi, deb uz24.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma avval Turkiyada yashash qoidalarini buzganligi uchun deportatsiya qilingan va unga mamlakatga kirish taqiqlangan. Shuningdek, u ism-familiyasini o‘zgartirgan holda qaytadan Turkiyaga kirgani aniqlangan.

Hozirda voqea yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tergov ishlarini olib bormoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi voqea haqida ma’lumot berdi. Konsullik marhumaning jasadini O‘zbekistonga olib kelish va uni oila a’zolariga topshirish uchun zarur huquqiy hamda tashkiliy yordam ko‘rsatmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.