London meri Sodiq Xon Trampning tanqidlariga javob berdi

London shahar meri Sodiq Xon AQSH prezidenti Donald Trampning Tanqidlariga o‘z pozitsiyasini bildirdi. Uning ta’kidlashicha: \"Men buni oldin ham aytganman va yana takrorlayman: yomon niyatli odamlarga e’tibor bermang, London dunyodagi eng buyuk va faol shaharlardan biri\", — dedi Xon.
Eslatib o‘tamiz, Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida London shahrida \"juda yomon mer borligini va u shaharda shariat qonunlarini joriy etishni istashini\" aytib o‘tgan edi.
Xonning bu bayonoti xalqaro hamjamiyatga Londonning ochiq, ko‘pqirrali va zamonaviy shahar sifatidagi nufuzini tasdiqlaydi. U o‘z nutqida shahar aholisini va mahalliy jamoatchilikni ham ruhlantirib, ijobiy va konstruktiv yo‘nalishda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.v
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













