Lukashenko Zelenskiyga ogohlantirdi: “Ukrainani yo‘qotish xavfi bor”

Lukashenko Zelenskiyga ogohlantirdi: “Ukrainani yo‘qotish xavfi bor”

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bevosita muloqot qilish istagini bildirdi.

Uning aytishicha, bugun maslahat va muzokaralarga kirishish uchun eng to‘g‘ri vaqt. Lukashenko ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi barcha frontlarda yirik shaharlarni nazoratga olgan va bu jarayonni to‘xtatish oson emas.

“Agar Zelenskiy to‘xtamasa, u butun Ukrainani yo‘qotishi mumkin”, — dedi Belarus prezidenti “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.

Lukashenko, shuningdek, Ukrainadagi mojaro bo‘yicha bir qator ijobiy takliflar mavjudligini qayd etdi va ulardan ba’zilarini AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp ham eshitganini ma’lum qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.