Norvegiya jahonning FM-radiostansiyalardan voz kechgan birinchi davlati bo‘lishi mumkin


2017 yil 11 yanvaridan Norvegiyada FM diapazonida ishlovchi radiostansiyalar uzatkichlari o‘chiriladi. Tegishli qaror Norvegiya hukumati tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi «Daryot».
Shu tariqa, Norvegiya jahonning FM-radiostansiyalardan voz kechgan birinchi davlati bo‘lishi mumkin. Endilikda mamlakat radiolari raqamli standart asosida ishlaydi.
FM-chastotalar sekin-asta o‘chirib boriladi. Dastlab bu ish Nordland mintaqasida, so‘ng mamlakat janubida amalga oshiriladi. Ayrim mahalliy radiostansiyalar FM-chastotalardan 2020 yilga qadar foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













