Tramp: Bojlar tufayli Amerika rekord boylikka erishdi

AQSH prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hozirda dunyodagi eng boy mamlakat hisoblanadi va bu holatda bojlarni joriy etish muhim rol o‘ynagan.
Sharm ash-Shayxdan Vashingtonga parvoz vaqtida jurnalistlar bilan suhbatlashgan Tramp shunday dedi:
“Men ishonamanki, tariflar tufayli biz yuzlab milliard dollar daromad olayotgan dunyodagi eng boy davlatga aylandik”, — dedi u.
Ma’lumot uchun, 2 aprel kuni AQSH prezidenti 185 ta davlat va hudud mahsulotlariga nisbatan yangi bojlar joriy etilganini e’lon qilgan edi. Keyinchalik Tramp ayrim mamlakatlar uchun tarif miqdorlarini o‘zgartirish haqida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













