Tramp: «Xitoy Tayvanga hujum qilsa, oqibatini biladi»

Tramp: «Xitoy Tayvanga hujum qilsa, oqibatini biladi»

AQSH prezidenti Donald Tramp CBS telekanalida efirga uzatilgan “60 Minutes” dasturida Tayvan masalasiga oid savollarga javob berdi. Suhbat davomida u Xitoyning ehtimoliy harbiy harakatlariga munosabatini bildirdi.

Jurnalist Trampdan so‘rab:

— Agar Si Szinpin Tayvanga qarshi harbiy operatsiya boshlasa, siz AQSH qo‘shinlariga uni himoya qilish buyrug‘ini berasizmi? — deb so‘radi.

Tramp bu savolga shunday javob berdi:

— Agar bunday holat yuz bersa, natijasini o‘shanda bilasiz.

Jurnalist nega u bu haqda ochiqroq gapirmayotganini so‘raganida, Tramp:

— Men o‘z sirlarimni ochib qo‘ya olmayman, — deb javob berdi.

Shuningdek, u Si Szinpin bilan uchrashuvlarda Tayvan mavzusi ko‘tarilmaganini ta’kidlab, Xitoy rahbariyati ehtimoliy harakatlarining oqibatini yaxshi tushunib turganini qo‘shimcha qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.