Kanadada 45 mln dollar yutuq keltirgan lotereya chiptasi sotildi


60 million Kanada dollari (45,4 million AQSh dollari) miqdoridagi yutuq chiqqan Lotto Max lotereya chiptasi Kvebek provinsiyasida sotildi. Bu haqda Atlantic Lottery assosiasiyasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».
Shuningdek, yana 18 kishiga 1 million Kanada dollaridan (760 ming dollar) yutuq nasib etdi. Bu chiptalar Kanadaning deyarli barcha provinsiyalarida sotilgan.
Ma’lumot uchun, 2015 yil oktyabrida «49 dan 6» lotereyasida mamlakat tarixidagi eng yirik — 64 million Kanada dollari miqdoridagi (49,5 million dollar) jekpot o‘ynalgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













