Tramp undan Epshteynning fayllari haqida so‘ragan jurnalistni "to‘ng‘iz" deb atadi

AQSH prezidenti Donald Tramp unga Epshteynning fayllari haqida savol bergan Bloomberg muxbirini \"to‘ng‘iz\" deb atadi. Bu haqda Pravilamag xabar bermoqda.
Vashingtondan o‘zining shaxsiy kurorti Mar-a-Lagoga uchish chog‘ida AQSH prezidenti jurnalistlarning savollariga javob berdi. Bloomberg muxbiri Trampdan agar fayllarda hech qanday obro‘sizlantiruvchi narsa bo‘lmasa, nima uchun o‘zini shunday tutishini so‘radi.
Voqea aks etgan videoda Tramp bir necha marta jahl bilan qoshlarini ko‘targani, shundan so‘ng jurnalistga \"Jim, jim, cho‘chqa\" deb javob bergani aks etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













