Turkiya sohillarida takroriy er silkinishi qayd etildi

Turkiya sohillarida takroriy er silkinishi qayd etildi
Turkiya sohillarida takroriy er silkinishi qayd etildi

Turkiyaning Egey dengizi sohillarida 5,3 ballik zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.

Er silkinishi seshanba 7 fevral kuni tungi soat 02:24da yuz bergan. Zilzila markazi Chanoqqal’a viloyati Ezine shahridan 36,7 km janubi-g‘arbda, 6,8 km chuqurlikda joylashgan.

Avvalroq, Evropa O‘rta er dengizi seysmologiya markazi (EMSC) 6 fevral kuni ertalab Turkiyaning g‘arbiy sohilida 5,2 ballik er qimirlagani haqida xabar qilgan edi.

Chanoqqal’adagi zilzila Ayvajik shahri hududida 102ta uyning qulashiga sabab bo‘lgan. kamida 5 kishining jabrlangani xabar qilinmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.