Foto: Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobon

Foto: Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobon
Foto: Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobon

«Pisma o Tashkente» Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobonning 2017 yil fevralida olingan fotolarini chop etdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Ilk ikki suratda Bolshaya Polyanka ko‘chasi tomondan manzarani ko‘rish mumkin. Orqa tomondagi baland yorug‘-kulrang bino — O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mehmonlar uyi.
Foto: Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobon

Foto: Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobon

Atrofdagi binolarga yopishtirilgan yorliqlar.
Foto: Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobon

Foto: Moskvadagi Islom Karimov nomli xiyobon

2016 yil 1 noyabr kuni Moskva hukumati prezidiumi Rossiya poytaxtining Yakimanka hududidagi xiyobonga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Xiyobon O‘zbekiston konsullik bo‘limi va mehmonlar uyi yaqinida joylashgan.

Konsulxona yaqinidagi nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini berishni so‘rab shahar rahbariyatiga Rossiya va O‘zbekiston fan, siyosat va san’at arboblari murojaat qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.