Panamadagi avtohalokat 16 kishining umriga zomin bo‘ldi


Panamada avtobusning yo‘l-transport hodisasiga tushishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi va 35 kishi jarohat oldi. Bu haqda \"Kun\" xabar berdi.
Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, Panamerikan shossesining mamlakat poytaxtidan janub tomonga 170 km uzoqlikdagi qismida avtobus ko‘prikdan daraga tushib ketgan. Ta’kidlanishicha, avtobusda qishloq xo‘jaligida ishlovchi ishchilar bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi sabablari ma’lum qilinmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













