Rossiya Xitoyga S-400 tizimlarini etkazib berdi

Rossiya Xitoyga S-400 tizimlarini etkazib berdi
Rossiya Xitoyga S-400 tizimlarini etkazib berdi

Rossiya Davlat dumasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mudofaa-sanoat majmuasi tashkilotlarining rivojlanishini huquqiy ta’minlash komissiyasi raisi Vladimir Gutenev Rossiya Xitoyga S-400 \"Triumf\" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini etkazib berishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda \"Interfaks\" axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

\"Hindiston hozirda S-400’ga qiziqish bildirmoqda. Hozir biz Xitoyga S-400’ning birinchi divizionlarini etkazib berdik\", deb aytgan Gutenev.

Gutenevning aytishicha, ayni vaqtda Hindiston va Turkiya S-400’ni olishga \"navbatda turibdi\".

Xitoy S-400 tizimini xarid qilishga 2015 yil aprelda shartnoma tuzgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.