"Soyuz-MS" kemasi ekipajining qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta’minlaydi
\"Soyuz-MS\" kemasi ekipajining Qozog‘istonga qo‘nishini 200 ga yaqin qutqaruvchi ta’minlaydi. Qo‘nish 10 aprelga rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Sverdlovsk va Chelyabinsk viloyatlaridan fazogirlarning qo‘nish joyiga harbiy aviasiya va qidiruv-evakuasiya amfibiyalari etkazilgan. Jumladan, gap 14 ta Mi-8 vertolyoti, 3 ta An-26 va 2 ta An-12 samolyoti, 20 ta avtotexnika vositasining jalb qilinishi haqida bormoqda, deb xabar berdi \"Interfaks\" axborot agentligiga tayanib \"Kun.uz\" nashri.
\"Soyuz-MS-02\" boshqariluvchi kapsulasi ekipaji Jezqazg‘an shahridan janubroqqa qo‘nishi kutilmoqda. Erga Xalqaro koinot stansiyasidan uch fazogir – kema sardori Sergey Rыjikov, bortmuhandis Andrey Borisenko va NASA fazogiri Robert Sheyn Kimbrou qaytadilar.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













