Londonda katta teraktni amalga oshirmoqchi bo‘lgan terrorchilar qo‘lga olindi

Londonda katta teraktni amalga oshirmoqchi bo‘lgan terrorchilar qo‘lga olindi
Londonda polisiya tomonidan o‘tkazilgan antiterrorchilik operasiyasida to‘rt kishi qo‘lga olindi, bir gumonlanuvchi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Operasiya payshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi. Polisiyachilar Britaniya poytaxtining Brent tumanidagi uylardan birini o‘rab oldi. Polisiyachilar bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur uyda terrorchilik tashkiloti a’zolari yashiringan. Huquq-tartibot idorasi xodimlarining hujumi oqibatida gumonlanuvchilardan biri yaralangan, to‘rt nafari qo‘lga olindi. Ular terakt uyushtirishda gumonlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.