Pokistondagi jazirama qurbonlari soni 1,3 ming nafardan oshdi

Pokistondagi jazirama qurbonlari soni 1,3 ming nafardan oshdi
Pokistondagi jazirama qurbonlari soni 1,3 ming nafardan oshdi

Pokiston janubidagi Sind viloyatida jazirama qurbonlari soni 1,3 ming nafardan oshdi. O‘tgan sutka davomida yana 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Mahalliy hukumat bergan ma’lumotlarga qaraganda, jaziramadan jami 1334 kishi vafot etib, shulardan 1234 nafari Sind viloyatining ma’muriy markazi hisoblangan Karachida halok bo‘ldi. Yana 10 mingga yaqin kishi quyosh urishi natijasida kasalxonaga yotqizildi.

Pokistonda jazirama 19 iyun, juma kunidan buyon kuzatilmoqda. 20 iyun kuni Karachida yilning eng issiq kuni qayd etilib, havo harorati 45 darajagacha ko‘tarildi.

Hozirgi paytda havo harorati 40 daraja atrofida saqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.