Putin Rossiyaga to‘la bosim o‘tkazish uchun G‘arbning «qo‘llari kaltalik» qilishini ma’lum qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z chiqishlaridan birida Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinayotgan davlatlar bu ishni uzoq davom ettira olishmasligi, bunga ularning qo‘llari kaltalik qilishini aytib o‘tdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Putin inson huquqlari bo‘yicha vakil Ella Pamfilovaning Rossiyaga har tomondan bosim o‘tkazilayotgani haqidagi fikriga qo‘shilmasligini ta’kidladi.
«Hech kim bizni siqmayapti, shunchaki, siqishga urinishlar bo‘lyapti. Hamma tomondan emasligi aniq — har tomondan qamrab olishga ularning qo‘llari kaltalik qiladi», — dedi Putin.
Bundan avval Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolari va ombudsmenlar bilan uchrashuvda Rossiya o‘zining huquqni himoya qilish tashkilotlarini rivojlantirishi va mustahkamlashi kerakligini aytgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













