Pekinda Si Szinpin va Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Pekinda Si Szinpin va Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Xalq vakillari Butunxitoy majlisi binosi yonida Erdo‘g‘an rasmiy marosim bilan kutib olindi, deb yozmoqda Kun.uz.

So‘ngra kengaytirilgan tartibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar matbuot uchun yopiq tartibda 45 daqiqaga yaqin davom etgan. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra bir qator hujjatlar imzolangan.

Hujjatlarni imzolash marosimida Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdag, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu hamda transport, kemachilik va kommunikasiyalar vaziri Axmet Arslon ishtirok etganlar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.