Tramp va Poroshenko Oq uyda uchrashdilar

Tramp va Poroshenko Oq uyda uchrashdilar
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan 20 iyunda Oq uyda uchrashdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ukrainalik diplomatlarning aytishicha, uchrashuv 20 daqiqadan ko‘proq davom etgan. Uchrashuvda, shuningdek, Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy, Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin, AQShning Ukrainadagi elchisi Mila Yovanovich, AQSh vise-prezidenti Maykl Pens ishtirok etgan.

Xorijiy OAVning ma’lum qilishicha, uchrashuv to‘liq formatli bo‘lmaganiga, Poroshenko qizil gilamsiz kutib olinganiga qaramasdan, unga \"Rossiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi tarzidagi sovg‘a\" hozirlandi.
Tramp va Poroshenko Oq uyda uchrashdilar
Tramp Poroshenko bilan uchrashish u uchun sharafligini va Ukraina bilan munosabatlarda \"sezilarli taraqqiyotga erishilganini\" qayd qilib o‘tgan.

Poroshenko keyinroq Tramp bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarni \"to‘laqonli va batafsil\" deb atadi. \"Donald Tramp bilan to‘laqonli, juda batafsil uchrashuv bo‘lib o‘tdi\", deb aytgan Poroshenko. U \"AQSh tomondan qat’iy qo‘llab-quvvatlov olganini\" ta’kidlab o‘tgan.
Tramp va Poroshenko Oq uyda uchrashdilar
Tramp va Poroshenko Oq uyda uchrashdilar
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.