Yaponiyada kuchli qor ko‘chishi natijasida ikki nafar kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada kuchli qor ko‘chishi natijasida ikki nafar kishi halok bo‘ldi
Yaponiyada kuchli qor ko‘chishi natijasida ikki nafar kishi halok bo‘ldi

Yaponiyaning g‘arbiy hamda shimoliy-sharqiy qismida kuchli qor ko‘chishi yuz berdi. Sikoku orolining Tukusima hududida qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘lgan ikki nafar yapon fuqarosining jasadi topilgan. Ular izsiz yo‘qolgan deb hisoblangan edi. Qidiruvni bir qancha vertolet olib bordi, deydi “TASS”.

Hududdagi 200 ta uy dunyodan uzilib qoldi. Umumiy hisobda, atrofi qor bilan o‘ralgan hududda 400 kishi qolib ketdi.

Yaponiyada kun davomida rekord darajada qor yog‘ishi kuzatildi. Qor qoplamining qalinligi Xonsyu orolining g‘arbiy qismida 100 sm dan oshdi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.