Urush tufayli ishlamagan Beng‘ozi aeroporti ochildi

Liviyaning Beng‘ozi shahri yaqinidagi \"Benina\" xalqaro aeroporti 15 iyul kuni tijorat parvozlari uchun ochildi. U 3 yil avval shahardagi qurolli to‘qnashuvlar sababli yopilgan edi. Bu haqda Reyter agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk parvoz poytaxt Tripoliga amalga oshirilgan. Bundan tashqari, mamlakat janubi-g‘arbidagi Kufra hamda Iordaniya poytaxti Amma shahriga ham parvozlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Tunisga, u orqali Turkiya (Istanbul), Misr (Iskandariya) va Liviya g‘arbidagi Zintan shaharlariga ham havo qatnovlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Havo qatnovlarini ikkita davlat kompaniyasi — Libyan Airlines va Afriqiyah Airways aviakompaniyalari amalga oshirmoqda. \"Benina\" aeroporti yopilganidan so‘ng, yo‘lovchilar Beng‘ozidan 4 soat uzoqlikda bo‘lgan \"Al-Abrak\" aeroportiga borishlariga to‘g‘ri kelayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk parvoz poytaxt Tripoliga amalga oshirilgan. Bundan tashqari, mamlakat janubi-g‘arbidagi Kufra hamda Iordaniya poytaxti Amma shahriga ham parvozlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Tunisga, u orqali Turkiya (Istanbul), Misr (Iskandariya) va Liviya g‘arbidagi Zintan shaharlariga ham havo qatnovlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Havo qatnovlarini ikkita davlat kompaniyasi — Libyan Airlines va Afriqiyah Airways aviakompaniyalari amalga oshirmoqda. \"Benina\" aeroporti yopilganidan so‘ng, yo‘lovchilar Beng‘ozidan 4 soat uzoqlikda bo‘lgan \"Al-Abrak\" aeroportiga borishlariga to‘g‘ri kelayotgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













