Saudiya Arabistonining g‘aroyib malikasi

Saudiya Arabistonining g‘aroyib malikasi
Ko‘pchilik Saudiya Arabistoni malikasi Dina Abdulaziz al-Saud haqida eshitmagan bo‘lsa kerak. Biz siz azizlarga, bu go‘zal xonim haqida qiziqarli ma’lumotlarni tayyorladik!

Dina mamlakat ayollaridek paranji yoki hijob kiymaydi. Uning kiyimlari kelishgan qomatiga mos, zamonaviy va o‘z uslubiga ega. Uning ko‘plab do‘konlari mavjud. Uning sochlari uzun emas, doimo kalta turmakda. Kiyimlari zamonaviy va u xuddi evropaliklardek hayot kechiradi.
Saudiya Arabistonining g‘aroyib malikasi
Ochig‘i uning sharqona go‘zalligi va zamonaviy kiyinish uslubi juda uyg‘unlashib o‘zgacha qiyofa yaratgan.

Uning D`NA deya nomlanuvchi eksklyuziv do‘koniga faqat uning shaxsiy taklifi bilangina kirish mumkin.
Saudiya Arabistonining g‘aroyib malikasi
U erdagi barcha kolleksiyani o‘zi jamlaydi va asosan ona yurtining madaniyatini aks ettirishga harakat qiladi. Dina Abdulaziz moda ko‘rgazmalarining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi va juda ko‘plab dizaynerlar bilan hamkorlik qiladi.
Saudiya Arabistonining g‘aroyib malikasi
U zamonaviy va milliy liboslarda birdek go‘zal!
Saudiya Arabistonining g‘aroyib malikasi
U oilali — eri Saudiya Arabistoni shahzodasi Abdulaziz bin Naser bin Abdulaziz al-Saud. Ularning uch nafar farzandlari bor: egizak ikki o‘g‘il va bir qiz. U oilasi bilan ko‘proq vaqtini birga o‘tkazadi. O‘zi haqidagi turli mish-mishlarga e’tibor bermaydi.

Manba: mulohaza.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.