Moskvada O‘zbekiston fuqarosini otib ketishdi

Moskvada O‘zbekiston fuqarosini otib ketishdi
36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi va noma’lum shaxslar o‘rtasida janjal kelib chiqqan, deb Sof.uz xabar bermoqda Moskvaning Cheryomushki tumani boshqaruvi bergan ma’lumotga asoslanib.

«Janjal vaqtida u yonidan jarohat etkazuvchi to‘pponcha chiqargan, ammo u bilan janjallashayotganlar to‘pponchasini tortib olishgan. Uning ko‘kragiga o‘q uzishgan hamda boshiga bir necha marta urishgan. Shundan so‘ng qochib ketishgan», — deyiladi xabarda.

Jarohatlangan o‘zbekistonlik Moskvadagi Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib kelingan. Polisiya holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi hamda jinoyatchilarni qidirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.