76 yoshli qariya ko‘rkamlik tanlovida g‘olib bo‘ldi

76 yoshli qariya ko‘rkamlik tanlovida g‘olib bo‘ldi
76 yoshli sobiq quruvchi Xose dos Santos Neves shahardagi eng ko‘rkam erkakka aylandi. U San-Pauluda istiqomat qiladi. Keksalar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rkamlik tanlovida g‘olib bo‘lish uchun u 24 nafar raqobatchi bilan bellashishiga to‘g‘ri keldi.

“Bu tanlovda g‘olib bo‘lish men uchun juda muhim edi, sababi shu yoshgacha yashashning o‘zi katta gap ”, deydi g‘olib. Shuningdek, uning bu muvaffaqiyati yoshlarga va tengdoshlariga yanada ilhom bag‘ishlashiga umid qilmoqda.

“Inson o‘zini qadrlashi, sog‘lig‘i haqida o‘ylashi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi kerak. Shunda u har qanday yoshda muvaffaqiyat qozonishi mumkin.”

San-Pauluning sog‘liqni saqlash davlat departamenti mazkur tanlovni 14 yildan buyon o‘tkazib kelmoqda. Bu tanlov orqali odatda uyda o‘tirishga ko‘nikib qolgan nafaqaxo‘rlar unda ishtirok etib, o‘zlarining boshqa qobiliyatlarini namoyish etishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: Qalampir.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.