Shimoliy Koreya vodorodli bombani sinovdan o‘tkazgach, Xitoy chegarasida radiatsiya miqdori ortishi kuzatilgan

Shimoliy Koreya vodorodli bombani sinovdan o‘tkazgach, Xitoy chegarasida radiatsiya miqdori ortishi kuzatilgan
Shu haqda Xitoy mutaxassislari rasman xabar qilishdi. Aytishlaricha, Chanbay Koreya uyezdi va Xitoy chegarasiga yaqin yerda radiatsiya miqdori 110, 7 dan 112, 5 nanogreygacha ko‘tarilgan. Shubhasiz, bu miqdor ham aholi, umuman tirik jonlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, Xitoy hukumati Amerika tarafidan Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llangan yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi.

Bunga qadar Kim Chen In armiyasi Mantapsan tog‘lari yaqinida jami olti karra yadro quroli sinovlarini o‘tkazgan. Bu tog‘ yemirilishi va qulashiga sabab bo‘lgan.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.