Rossiyadan O‘zbekistonga oltin rudasi o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ekstradisiya qilindi

Rossiyadan O‘zbekistonga oltin rudasi o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ekstradisiya qilindi
Rossiyadan O‘zbekistonga oltin rudasi o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ekstradisiya qilindi

Moskva viloyatidan O‘zbekistonga qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaro Javlonbek Ismatov ekstradisiya qilindi.

Ismatov 2012-2014 yillarda sheriklari bilan birga qattiq qo‘riqlanuvchi “Qorakuton” oltin kareriga kirib, u erdan oltin saqlovchi ruda o‘g‘irlab yurgani uchun O‘zbekistonda qidiruvga berilgan.
Jinoyatchilar o‘g‘irlangan rudani qayta ishlab, undan oltin olishgan hamda keyinchalik uni sotishgan.

Jinoiy guruh hammasi bo‘lib 2,8 mlrd so‘mlik oltin rudasi o‘g‘irlagan.

“Olingan pul mablag‘larini qonuniylashtirish maqsadida jinoyatchi avtomobillar, er maydonlari, kvartiralar sotib olgan va ularni boshqa odamlar nomiga rasmiylashtirgan”, deb ma’lum qilinmoqda Moskva viloyati prokuraturasi matbuot xizmatida.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, Ismatov, shuningdek, o‘tgan yilning sentyabrida O‘zbekistonda restoranda mijozlarni qattiq do‘pposlagan.

Ismatov jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida Rossiyada berkinib yurgan. Jinoyatchi mart oyida Moskva viloyatining Odinsovo tumanida qo‘lga olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.