Kataloniya mustaqilligi uchun 90 foiz ovoz berildi

1 oktyabrda Kataloniya muxtoriyatida o‘tgan referendumning 90 foiz ishtirokchisi muxtoriyatning Ispaniyadan ajralishi uchun ovoz berdi. Bu haqda muxtoriyat rahbariyati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ovoz berishda hammasi bo‘lib 2,3 mln saylovchi ishtirok etgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, referendum davomida politsiya bilan to‘qnashuvlarda jabrlanganlar soni 844 kishiga yetdi.
Kataloniya parlamenti mustaqillikni e’lon qilish bo‘yicha bir tomonlama qarorni qabul qiladi, deb aytdi muxtoriyat jeneraliteti (hukumati) raisi o‘rinbosari Oriol Junkeras.
\"Ha, parlament bunday qarorni qabul qiladi\", deb aytdi u jurnalistlarga.
Biroq Ispaniya hukumati ushbu referendumni tan olmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ta’kidlanishicha, ovoz berishda hammasi bo‘lib 2,3 mln saylovchi ishtirok etgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, referendum davomida politsiya bilan to‘qnashuvlarda jabrlanganlar soni 844 kishiga yetdi.
Kataloniya parlamenti mustaqillikni e’lon qilish bo‘yicha bir tomonlama qarorni qabul qiladi, deb aytdi muxtoriyat jeneraliteti (hukumati) raisi o‘rinbosari Oriol Junkeras.
\"Ha, parlament bunday qarorni qabul qiladi\", deb aytdi u jurnalistlarga.
Biroq Ispaniya hukumati ushbu referendumni tan olmayapti.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













