Kataloniya rahbari yaqin kunlarda mustaqillik e’lon qiladi

Kataloniya generaliteti (hukumati) rahbari Karles Puchdemon BBC telekanaliga bergan intervyusida yaqin kunlarda muxtoriyat mustaqilligini e’lon qilishini bildirdi, deb yozadi Kun nashri.
Puchdemonning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «shu hafta oxirida yoki kelasi hafta boshida harakatini boshlaydi».
U Ispaniyaning Kataloniya hukumati ustidan nazoratni qo‘lga olishga urinishi ehtimolini sharhlar ekan, jeneralitet rahbari bu ish «hammasini o‘zgartirib yuboradigan xato» bo‘lishini aytdi.
Kataloniya mustaqilligiga doir referendum 1 oktyabrda bo‘lib o‘tdi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 90 foiz saylovchi mintaqaning Ispaniyadan ajralishini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq, Ispaniya qiroli Filipp VI referendum natijasini tan olmagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Puchdemonning so‘zlariga ko‘ra, hukumat «shu hafta oxirida yoki kelasi hafta boshida harakatini boshlaydi».
U Ispaniyaning Kataloniya hukumati ustidan nazoratni qo‘lga olishga urinishi ehtimolini sharhlar ekan, jeneralitet rahbari bu ish «hammasini o‘zgartirib yuboradigan xato» bo‘lishini aytdi.
Kataloniya mustaqilligiga doir referendum 1 oktyabrda bo‘lib o‘tdi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 90 foiz saylovchi mintaqaning Ispaniyadan ajralishini qo‘llab-quvvatladi.
Avvalroq, Ispaniya qiroli Filipp VI referendum natijasini tan olmagan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













