Olimlar: Yaqin kunlarda Yerga ulkan sun’iy yo‘ldosh qulashi mumkin

Sobiq ittifoq davrida yaratilgan 1,5 tonnalik \"Molniya-1-44\" sun’iy yo‘ldoshi yaqin ikki hafta ichida Yerga qulashi mumkin. Bunday fikrga NASA mutaxassislari kelganlar.
\"Molniya-1-44\" Sobiq ittifoq tomondan 1979 yilda uchirilgan va telegraf-telefon aloqasini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Olimlarning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldoshning Yer atrofida aylanish tezligi pasaygan va u yaqin orada orbitadan chiqib ketadi. Shu bilan birga u shunchalik katta o‘lchamlarga egaki, atmosferaning zich qatlamlarida to‘liq yonib keta olmaydi.
Mutaxassislar sun’iy yo‘ldosh qayerga va qachon qulashini aniq ayta olmayaptilar. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 20 oktyabrgacha yuz berishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, \"Molniya-1-44\" orbitadan chiqib ketayotgan yagona qurilma emas. Avvalroq OAVda ma’lum qilingandek, Sobiq ittifoqning yana bir sun’iy yo‘ldoshi \"Kosmos-1345\" Yerga taxminan 4 noyabrda qulaydi va uning vazni 1700 kg ni tashkil qiladi. U koinotda 1982 yildan beri uchib yuradi.
Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Molniya-1-44\" Sobiq ittifoq tomondan 1979 yilda uchirilgan va telegraf-telefon aloqasini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Olimlarning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldoshning Yer atrofida aylanish tezligi pasaygan va u yaqin orada orbitadan chiqib ketadi. Shu bilan birga u shunchalik katta o‘lchamlarga egaki, atmosferaning zich qatlamlarida to‘liq yonib keta olmaydi.
Mutaxassislar sun’iy yo‘ldosh qayerga va qachon qulashini aniq ayta olmayaptilar. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 20 oktyabrgacha yuz berishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, \"Molniya-1-44\" orbitadan chiqib ketayotgan yagona qurilma emas. Avvalroq OAVda ma’lum qilingandek, Sobiq ittifoqning yana bir sun’iy yo‘ldoshi \"Kosmos-1345\" Yerga taxminan 4 noyabrda qulaydi va uning vazni 1700 kg ni tashkil qiladi. U koinotda 1982 yildan beri uchib yuradi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













