Tergovchilar Peddok og‘ir ruhiy xasta bo‘lgan degan fikrda

Tergovchilar Peddok og‘ir ruhiy xasta bo‘lgan degan fikrda
Las-Vegasda ommaviy qotillik sodir etgan Stiven Peddokda og‘ir ruhiy xastalik bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo unga bunday tashxis qo‘yilmagan.

Kun.uz xabariga ko‘ra, oxirgi haftada bir necha yuzlab kishilar tergov qilinganidan keyin tergovchilar shunday xulosaga kelishmoqda.

Qayd etilishicha, Peddok boy bo‘lgan, ammo unda odamlar bilan munosabatlar o‘rnatishda muammolar mavjud edi. Uni normal munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamaydigan kishi sifatida eslashmoqda.

Manbalarning biri aytishicha, Peddok kazinoda bir necha soat davomida bir o‘zi o‘ynagan vaqtlar ham bo‘lgan.

Bundan oldinroq politsiya fojia sodir bo‘lishidan bir necha soat oldin Peddokning yonida bo‘lgan fohisha ayolni qidirayotgani haqida xabar berilgandi. Undan muhim ma’lumotlar olinishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.